O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini tikladi

O‘zbekiston 09:50 / 12.12.2018 8952

O‘zbekiston Ukrainada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bojxonada rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni boshladi, deb xabar qilmoqda «Ukrtsukor» Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilar Milliy assotsiatsiyasi matbuot xizmati Ukraina Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligiga tayangan holda.

Assotsiatsiya ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyining o‘rtalaridan boshlab Ukrainadan O‘zbekistonga yuborilgan shakar va boshqa yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish to‘xtatilgandi.

O‘shanda «Ukrtsukor» korxonasi Ukraina Agrar va oziq-ovqat siyosati vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligiga O‘zbekistonga keltirilgan Ukraina mahsulotlari to‘xtatib qolinayotgani bo‘yicha vaziyatni aniqlashtirish hamda hal qilishni so‘rab murojaat qilgan, sababi aynan O‘zbekiston Ukraina shakarining asosiy importchisi bo‘lib turibdi.

«Shakar kompaniyalari va zavodlari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish jarayoni boshlanganini tasdiqladi. Biz savdo munosabatlari yanada iliqlashishiga umid qilmoqdamiz. Sababi, barcha qiyinchiliklarga qaramay, noyabr oyida umumiy shakar eksportining 47 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi», - deya izoh bergan «Ukrtsukor» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ruslana Butilo.

Joriy marketing yilining noyabr oyida Ukraina ishlab chiqaruvchilari 70,5 ming tonna shakar eksport qildilar, bu o‘tgan oyga nisbatan 21 foizga ko‘p. O‘zbekiston bu borada yetakchi bo‘lib qolmoqda - barcha eksportning 47 foizi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini to‘xtatib qo‘ygani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: