National Geographic yilning eng sara suratlarini tanladi

Jahon 13:30 / 12.12.2018 45863

National Geographic an'anaviy tarzda fotosuratlar tanlovining eng a'lo ijodiy asarlarini e'lon qildi. NatGeo suratlarni hayvonot olami, insonlar va manzillar toifalari bo‘yicha saralagan.

Tanlovning Gran-priga loyiq ko‘rilgan fotosurat muallifiga 5,000 dollar miqdorida mukofot beriladi va g‘olib asari @NatGeo Instagram sahifasida e'lon qilinadi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblariga 2,500, 1,500 va 750 dollar miqdoridagi mukofot taqdim etiladi. Bundan tashqari, alohida «Tomoshabinlar tanlovi» yo‘nalishida ham fotosuratlar saralab olingan.

Gran-pri mukofoti Yasen Todorovga, «Hayratomuz» (Unreal) fotosurati uchun berildi.

Unda Kaliforniyadagi Moxave cho‘li o‘rtasidagi to‘plab qo‘yilgan, 2009 va 2015 yillarda ishlab chiqarilgan minglab Volkswagen va Audi mashinalari aks etgan. Ijodkor ushbu fotosurat bilan tabiat hududlarini egallab borayotgan sanoat chiqindilari mavzusini ko‘tarib chiqqan.

National Geographic fotosuratlar tanlovining yakuniy bosqichida saralangan ijod namunalari quyidagilar:

"Chorraxadagi parvoz" (Pim Volkers)
"Tutunli tog‘" (Maykl Fang)
"Daraxt" (Slavek Kojdras)
"Och-nahor begemotlar" (Martin Sanchez)
"Aygerim - Burgut ovchisi" (Diana Ishi)
"Yukatanning sirli qiyofasini ochish" (Gilom Neri)
"Transilvaniyalik cho‘pon" (Eduard Gutesku)
"Yangi qiyofa" (Alison Langevad)
"Sorano" (Tanvir Hasan Rohan)
"Redik" (Bartlomej Yuretski)
"Olovli yer" (Leyton Lam)
"Xarobaga yo‘l" (Kristian Verner)
"Gavjum poyezdda sayohat" (Nur Ahmad Hilol)
"To‘zondagi Tanderbyord" (Nikolas Moyr)
"Qalin qor" (Yonas Beyyer)
Ko‘proq yangiliklar: