Qashqadaryoda maktab direktori pora bilan ushlandi

Jamiyat 16:51 / 12.12.2018 35265

Qashqadaryo viloyatida maktab direktori pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tergov guruhi tomonidan Chiroqchi tumani 168-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori vazifasini bajaruvchi H.E. (1990 yilda tug‘ilgan) fuqaro M.R.dan (ayol) maktab direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlashni va'da qilib, 400 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda ushlangan.

Bildirilishicha, hozirgi vaqtda tergov ishlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) hamda 28-211-moddasining 1-qismi (pora berishga suiqasd) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: