Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatda Birinchi jahon urushi ssenariysi kuzatildi

Jahon 11:51 / 11.12.2018 45801

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikning ortishi Birinchi jahon urushidan oldingi vaziyatga o‘xshaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-dengiz kuchlari sobiq qo‘mondoni, admiral Alan Uest Daily Star nashriga intervyusida ma'lum qildi.

Davlatlar o‘rtasida Kerch bo‘g‘ozidagi ziddiyat alohida xavf tug‘diradi. Uning eslatishicha, Moskvani Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblashmoqda, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko esa alyans mamlakatlaridan yordam so‘rayapti. Uestning fikricha, har ikki tomon bir-birini tekshirib, NATO aralashuvi ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya Donbassda o‘z qo‘shinlaridan foydalansa, unda Ukrainada to‘la miqyosli urush boshlanadi. Admiralning bildirishicha, NATO nizoga aralashmaydi, sababi Ukraina alyans a'zosi emas. G‘arb Moskva bilan Kiyev tufayli «qaynoq urush»ga kirishishni xohlamaydi, ammo bu holatda mamlakat yo‘q bo‘lib ketadi.

«Aynan shunday holat Birinchi jahon urushiga olib kelgan. Garchi unga ertsgersog Frants Ferdinandning o‘ldirilishi turtki bo‘lgan bo‘lsa-da, biroq o‘shanda urush yoqasida muvozanatni saqlash siyosati kuzatilgandi», - deya izoh berdi u.

Uest urushdan qochish uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish, «har bir oligarxga zarba berish, nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo bo‘ylab aktivlarini muzlatishga» chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada rossiyalik josus fosh etilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: