Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kutubxonalar haqida qiziqarli faktlar
Dunyodagi eng yirik kutubxona AQSh Kongressi kutubxonasi sanaladi. Uning fondida 150 million nusxadan ortiq kitoblar bor. U 1800 yilda AQSh prezidenti Jon Adams tomonidan tashkil etilgan. Sobiq prezident Kongressga kerakli kitoblarni xarid qilish uchun 5 ming dollar ajratgan. Hozirda kutubxonaga yiliga bir million yetti yuz ming kitobxon tashrif buyuradi.

Amerikalik biblioman Stiven Blumberg o‘zining kitoblarga bo‘lgan g‘alati “mehri” sabab jahonga dong taratgan. Umri davomida u kutubxonalardan qiymati bir necha million dollar bo‘lgan 20 mingdan ortiq kitoblarni o‘g‘irlagan. Bundan 268 ta kutubxona zarar ko‘rgan. Stiven Blumberg bir necha marta panjara ortiga tushgan. Biroq ozodlikka chiqqach yana eski mashg‘ulotini davom ettirgan. Qizig‘i, kitoblardan birortasini sotmagan va ularga zarar yetkazmagan.
Finlyandiyaning kichik Vantaa shaharchasi kutubxonasiga notanish kishi qadimiy kitobni qaytargan. Jildning orqa tomonidagi qaydlarga qaraganda kitob yuz yil oldin berilgan. Bu rekordni Ginnes rekordlar kitobiga bemalol kiritish mumkin.

Norvegiyani yozuvchilar uchun haqiqiy jannat deb hisoblash mumkin. Agar yozuvchilardan kimdir bu mamlakatda kitob nashr ettirsa, ming nusxasini Norvegiya hukumati darhol sotib oladi va kutubxonalarga taqsimlaydi. Shu yo‘l bilan yozuvchilarga davlat tomonidan ko‘mak ko‘rsatiladi.
Haskell kutubxonasi bir vaqtning o‘zida dunyoning ikki mamlakati – AQSh va Kanadada joylashgan. Binoning yarmi Amerikaning Derbi-Layn shaharchasida bo‘lsa, qolgan yarmi Kanadaning Stensted shahrida. Kutubxonaga faqat AQSh tomonidan kirish mumkin. To‘g‘ri, ilgari kanadaliklar ham kutubxonadan erkin foydalanishgan. 11 sentabrdagi terroristik voqealaridan keyin xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bino oldida AQSh Milliy xavfsizligi xodimlari doimiy ravishda navbatchilik qilishadi.
1857 yilda britaniyalik savdogar Jord Mur dunyodagi ilk harakatlanuvchi kutubxonani tashkil etgan. Aynan shu usul bilan Mur foydali bilimlarni qishloq aholisi o‘rtasida tarqatishga qaror qildi.

Hozirgi kunda faoliyatini yuritishni to‘xtatmagan eng qadimiy kutubxona Misrning Muqaddas Yelena ibodatxonasida joylashgan. Kutubxona miloddan avvalgi VI asrda ochilgan. To‘g‘ri, istalgan kishi u yerga bora olmaydi. Bu faqat muayyan ruxsatga ega monax va talabalar uchun mumkin.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

17:50 / 17.07.2025
Noshirlik faoliyatiga oid qonun o‘zgaryapti, kitoblarga senzura joriy etiladimi? – mutaxassislar bilan suhbat

19:30 / 16.07.2025
Yandex Books interfeysi endi o‘zbek tilida

16:48 / 13.07.2025
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin

22:12 / 05.06.2025