Andijonda bayramoldi yarmarkalari ish boshladi

Jamiyat 21:02 / 11.12.2018 4262

10 dekabr kunidan Andijon shahrining gavjum hududlarida an'anaviy qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkalari ish boshladi.

Ushbu yarmarkalar shaharning 16ta hududi hamda barcha shahar-tumanlarning markazlarida 2018 yilning 10 dekabridan 2019 yilning 3 yanvarigacha o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, 30 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotiladi. Mahsulotlarning uzluksizligini ta'minlash uchun ta'minotchi korxonalar, agrofirma va fermer xo‘jaliklari biriktirilgan. 

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahrida tashkil etilgan yarmarkalarning ochilishida shaxsan ishtirok etib, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yarmarkalardagi mahsulotlarning sifati bilan tanishdi. Har bir ochilish marosimlarida xalq vakillari bilan uchrashib, ularning kayfiyatlari bilan qiziqdi.

Xaridorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida joylarda turg‘un savdo rastalarida tashkil etilib, bayramona bezatildi. Viloyat dehqon hamda fermerlari yetishtirgan mahsulotlar – meva-sabzavot, chorva va baliq mahsulotlari sotuvga qo‘yildi.

Ko‘proq yangiliklar: