Toshkent moliya instituti abituriyent o‘quvchi-yoshlarga ajoyib imkoniyat taqdim etadi

O‘zbekiston 16:50 / 10.12.2018 12864

Institut talabasi bo‘lish istagida yurgan, umumta'lim maktablari va akademik litseylarning bitiruvchi iqtidorli o‘quvchilarini ota-onalari bilan birga Toshkent moliya institutining «Ochiq eshiklar kuni»ga taklif etamiz.

Toshkent moliya instituti 2019 yilning 4 yanvar kunida umumta'lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari va Akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari uchun tashkil etiladigan «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazilishini ma'lum qiladi.

«Ochiq eshiklar kuni»da Institutimizning tajribali professor-o‘kituvchilari iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni kasbga qiziqishini aniqlash, matematika (nazorat ishi), chet tili (test), ona tili va adabiyot (insho) fanlaridan o‘zbek va rus tillarida bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.

O‘quvchi-yoshlarning bilimlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan sinovdan yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga Toshkent moliya institutiga o‘qishga kirish maqsadida hujjat topshirishi uchun Institut rektorining yo‘llanmasi taqdim etiladi. 

Hurmatli ota-onalar!

Toshkent moliya institutida tashkil etiladigan “Ochiq eshiklar kuni”da farzandingiz bilan ishtirok etishga shoshiling. Bunda Siz farzandingizning qaysi kasbga qiziqishi borligini aniqlash bilan birga, uning tegishli fanlardan bilimlari haqida aniq ma'lumotga ega bo‘lasiz.

«Ochiq eshiklar kuni»da ishtirok etishni xohlaganlar 2018 yilning 20 dekabr kuniga qadar o‘zlari haqida Institutning Internetdagi www.tfi.uz saytining «Savolnoma-Savolnoma-Voprosnik»dagi savollarga to‘liq javob berib, ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

“Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etishni xohlovchilar 2019 yilning 4 yanvar kuni soat 9:00 dan 10:00 gacha Institutning Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 60-a uy manzilida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 

Mo‘ljal: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, metroning «Minor» bekati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: