Poroshenko noyabr oyida qancha maosh olgani ma'lum qilindi

Foto: RIA Novosti / Mixail Palinchak
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko noyabr oyida 28 ming grivna (1 ming dollar) maosh olgan, deb xabar berdi «Ukrainskiye novosti» nashri.
Xabarda aytilishicha, ushbu maoshdan 5,4 ming grivna (196 dollar) soliq va yig‘imlarga, qolgan qismi esa xayriya maqsadlari uchun o‘tkazilgan.
2017 yilgi deklaratsiyaga ko‘ra, Poroshenko o‘tgan yili 16,3 million grivna (580 ming dollardan ortiq) daromad ko‘rgan. «Fokus» jurnalining yozishicha, Poroshenkoning boyligi o‘tgan yili 589 million dollardan 542 million dollarga kamaygan.
Mavzuga oid

09:23 / 13.02.2025
Ukrainada sobiq prezident Poroshenkoga qarshi sanksiyalar joriy qilindi

12:19 / 20.02.2024
Lipetskda Poroshenkoning qandolat fabrikasi milliylashtirildi

19:22 / 05.05.2022
Tez yordam xodimlarining maoshi 10-15 foizga oshiriladi

21:01 / 26.04.2022