Tereza Mey Brexit kelishuvi bo‘yicha parlamentda ovoz berish o‘tkazilmasligini tasdiqladi

Jahon 21:30 / 10.12.2018 3261

Irlandiya orolidagi chegara muammosi hal bo‘lmagani bois Britaniya parlamentida mamlakatning YeI tarkibidan chiqishi bo‘yicha kelishuv borasida 11 dekabr kuniga rejalashtirilgan ovoz berish o‘tkazilmaydi. Bu haqda Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Irlandiya bilan chegara masalasida noaniqliklar mavjud.

«Agarda ertaga ovoz berish o‘tkaziladigan bo‘lsa, kelishuv ko‘pchilik ovoz bilan rad etiladi. Shuning uchun ertaga o‘tkazilishi rejalashtirilgan ovoz berish keyinroqqa suriladi», dedi Mey.

U shuningdek, Brexit bo‘yicha takroriy referendum o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi. 

«Agarda birinchi referendum natijalarini qayta ko‘rib chiqish uchun takroriy referendum o‘tkazishni istayotgan bo‘lsangiz, bu mamlakatning yangitdan bo‘linib ketishiga olib keladi», dedi u parlamentdagilarga murojaat qilib.

Ko‘proq yangiliklar: