Chinozdagi «Tong yulduzi» mahallasi yanada obod bo‘ldi

O‘zbekiston 19:59 / 10.12.2018 4620

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi «Tong yulduzi» mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi doirasida yo‘llar asfaltlanib, yangi turar joylar va madaniy-maishiy obektlar foydalanishga topshirildi.

Bu yerda ko‘proq tojik millatiga mansub fuqarolar yashashi inobatga olinib, o‘zbek va tojik xalqlarining urf-odat hamda an'analarini yaqqol aks ettirishga alohida e'tibor qaratildi. O‘zbek-tojik madaniyat markazida joylashgan kutubxonada o‘zbek va tojik mumtoz adabiyoti durdonalari bilan bir qatorda, zamondosh yozuvchi hamda shoirlar asarlari jamlangan. O‘quv va anjumanlar zali, tibbiyot xonasi zarur asbob-uskunalar bilan ta'minlandi.

Qishloqdagi 47-umumta'lim maktabi to‘liq qayta ta'mirlandi hamda 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi. 8-maktabgacha ta'lim muassasasi esa butunlay yangidan barpo etildi. 60 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu bog‘cha zamonaviy talablarga javob beradi. Har ikki muassasada ham ta'lim-tarbiya o‘zbek va tojik tillarida olib borilyapti.

Shuningdek, 120 ish o‘rniga mo‘ljallangan «Fafir» to‘qimachilik fabrikasi ochildi hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari tuman markazi filiali tashkil etildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: