Alisher Usmonov o‘zbekistonliklarga qator xayriya konsertlarini sovg‘a qiladi

O‘zbekiston 23:29 / 10.12.2018 26419

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Yangi yil oldi O‘zbekiston ahliga turli janr yulduzlaridan xayriya konsertlarini sovg‘a qiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi. 

Dekabr oyida Alisher Usmonovning sa'y-harakatlari bilan Toshkentda rep, xip-xop, klassika, masxarabozlar va bolalar shoulari bo‘lib o‘tadi. Jumladan, 11 va 12 dekabrda Anjumanlar saroyida Moskvaning “Kuraj” teatri “Ognenniye lyudi” teatri va “Tall brothers” klounada teatri bilan birga tomosha ko‘rsatadi.

17 dekabrda Xalqlar do‘stligi san'at saroyida amerikalik R&B yo‘nalishi ijrochisi Jyeyson Derulo konsert beradi.

Bevosita Yangi yil arafasida – 30 dekabrda Anjumanlar saroyida P.I.Chaykovskiy nomidagi Katta simfonik orkestr konserti bo‘lib o‘tadi. Kontsertda yakkaxon ijrochilar sifatida Mixail Radunskiy, Maksim Vengerov, Olga Peretyatko va AQShda yashovchi o‘zbek pianinochisi Lola Astanova ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: