Ukraina xavfsizlik xizmati Fransiyadagi namoyishlarda "Kreml qo‘li"ni ko‘rdi

Jahon 15:57 / 09.12.2018 25960

Rossiya maxsus xizmatlari Fransiyadagi hukumatga qarshi namoyishlarni tashkil etishga aloqador bo‘lishi mumkin, deb yozdi Ukraina xavfsizlik xizmati o‘zining Facebook sahifasida.

Ta'kidlanishicha, Fransiyadagi radikallar Rossiya FXX va bosh razvedka boshqarmasi "rahbarligi ostida" harakat qilishmoqda.

Buning isboti sifatida Parijdagi namoyishlarda “DXR” bayrog‘ini tutib turgan ikki nafar sariq nimchali kishining fotosurati keltirilgan.

Foto: Facebook 

Bundan tashqari, aytilishicha, Rossiya maxsus xizmatlari Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Bolgariya va Yevropaning boshqa davlatlarida ham ana shunday namoyishlar o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fransiyada "sariq nimchalilar" namoyishlari 17 noyabrda boshlangandi. Namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi. Parijda ushbu namoyishlar chog‘ida 1700dan ortiq kishi hibsga olindi.

Ko‘proq yangiliklar: