Prezident: Oliy Majlis hali-hanuz haqiqiy bahs-munozaralar maydoniga aylangani yo‘q

Foto: KUN.UZ
Oliy Majlis hali-hanuz haqiqiy bahs-munozaralar maydoniga aylangani yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
Ma'lumki, qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini tashkil etish Senat Raisi va Qonunchilik palatasi Spikerining konstitutsiyaviy vakolati hisoblanadi.
«Afsuski, parlamentning bu sohadagi faoliyatida tub o‘zgarish sezilmayapti. Jumladan, joriy yilda davlat organlari va mansabdor shaxslarga Senat bor-yo‘g‘i 2 ta, Qonunchilik palatasi esa 3 ta parlament so‘rovi yuborgan, xolos.
“Parlament majlislarida markaziy organlar va hududlar rahbarlari hisobotlarini eshitdik”, deb maqtanamiz. Lekin savol tug‘iladi: bunday hisobotlar bo‘layotgan bo‘lsa, ularning natijalari bo‘yicha qanday hujjatlar qabul qilindi va ijroga yo‘naltirildi? Faoliyati qoniqarli bo‘lmagan qaysi vazir yoki hokimga nisbatan munosabat bildirildi?
Xalq vakillarining qat'iy pozitsiyasi qayerda qoldi?
Misol uchun, qaysi senator yoki deputat Soliq siyosati konsepsiyasi ijrosi bilan qiziqib, Moliya vazirligi yoki Davlat soliq qo‘mitasi rahbarlariga so‘rov yubordi?
Eng asosiy kamchilik shuki, Oliy Majlis hali-hanuz haqiqiy bahs-munozaralar maydoniga aylangani yo‘q.
Shu munosabat bilan Oliy Majlis palatalarida qonunlar ijrosini ko‘rib chiqish, rahbarlar hisobotini eshitish bilan cheklanmasdan, bevosita joylardagi ahvolni tizimli ravishda o‘rganish va tegishli takliflar ishlab chiqish amaliyotini yo‘lga qo‘yish zarur, deb hisoblayman», - dedi prezident.
Mavzuga oid

11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

20:26 / 21.02.2025
Dronlar, SI kibertuzilmalari, robotlashgan texnikalar - mudofaani mustahkamlashning yangi strategiyalari

19:46 / 07.12.2023