Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dronlar, SI kibertuzilmalari, robotlashgan texnikalar - mudofaani mustahkamlashning yangi strategiyalari
Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tgan xavfsizlik va mudofaani mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilishda 2025 yil va kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Xususan, yig‘ilishda O‘zbekiston armiyasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda zamonaviy qurolli mojarolar, xavfsizlikka mavjud tahdidlar va harbiy harakatlar teatri xususiyatlarini hisobga olish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, bugungi kunda turli darajadagi va qamrovdagi mintaqaviy mojarolarda sun’iy intellekt, robot, raketa, dron va ularga qarshi vositalar keng qo‘llanayotganidan kelib chiqib, qo‘shinlarda dronlar va ularga qarshi kurashish, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalarni qo‘llash va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalarni tashkil etish zarurligi belgilandi.
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Qurolli kuchlarining jangovar shayligini ta’minlash, jangovar tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini yanada takomillashtirish, sun’iy intellektga asoslangan qo‘shinlarni avtomatlashtirilgan yagona boshqarish tizimini yaratish, harbiy ta’lim va harbiy kadrlarni tayyorlashda dual ta’limdan foydalanish ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan tashqari, «Bosh serjantlar korpusi» faoliyatini takomillashtirish, mudofaa sanoatini yanada rivojlantirish, harbiy xizmatchilarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy sport sohasiga yo‘naltirish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
Jo‘rayev Sayfiddin Ahmatovich – siyosiy fanlar doktori,
Toshkent sharqshunoslik universiteti Xalqaro munosabatlar kafedrasi professori
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real»da yangi himoyachi, APL klublari hujumni kuchaytirmoqda. So‘nggi transfer xabarlari
Sport | 11:12
-
Germaniya: Rossiya va Belarus migratsiyadan qurol sifatida foydalanyapti
Jahon | 11:10
-
O‘zbekistonga chet davlatdan pul o‘tkazmalari kiberjinoyatchilar hujumiga uchramoqda
O‘zbekiston | 10:52
-
AQSh energetika vaziri: Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar «juda real»
Jahon | 10:44
Mavzuga oid

10:56 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti

14:55 / 03.07.2025
London va Berlin o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi

23:22 / 30.06.2025
Polsha snaryad ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi

14:18 / 27.06.2025