Chexiyada Rossiya maxsus xizmatlaridan birining tarmog‘i yo‘q qilingani aytildi

Jahon 21:31 / 07.12.2018 6614

«Joriy yilda Chexiyada Rossiya maxsus xizmatlaridan birining tarmog‘i yo‘q qilindi», dedi mamlakat xavfsizlik va axborot xizmati (kontrrazvedka) rahbari Mixal Koudelka.

«Keyingi besh yilda biz o‘nlab rossiyalik va xitoylik ofitserlarning faoliyatiga to‘sqinlik qildik – ularga akkreditatsiya bermadik yoki mamlakatdan "tinchgina" chiqib ketishlariga erishdik. Joriy yil boshida mamlakatda faoliyat olib borayotgan Rossiya razvedka xizmatlaridan birining razvedka tarmog‘ini yo‘q qildik va uning faoliyatini butunlay tugatdik», dedi u.

Koudelkaning aytishicha, aprel oyi boshlarida Chexiyani «diplomatik niqob ostida faoliyat olib borgan uch nafar rossiyalik razvedkachi ofitser» tark etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: