Google’ning Waymo sho‘'ba kompaniyasi AQShning Feniks shahrida Robotaxi xizmatini rasman yo‘lga qo‘ydi. Dastlab bu xizmat bir necha yuz kishi uchun joriy etilgan bo‘lib, keyingi bir necha oy davomida sinovdan o‘tkazilgan, aholi bu xizmatdan bepul foydalangan edi. Endilikda taksi xizmati pullik bo‘ldi, ma'lum qilinishicha, tariflar Uber taksi xizmati darajasida bo‘ladi.
Mijozlar ilova orqali taksiga buyurtma berishlari mumkin. Mashinaga uch nafar katta yoshli odam va bir nafar bola joylashadi. Ilova orqali kerakli yo‘nalishni ko‘rsatish va yo‘lkira narxi hamda qancha vaqtda yetib borish haqidagi ma'lumotni ko‘rish mumkin. Biror savol tug‘ilsa, yo‘lovchi operator bilan bog‘lanishi mumkin bo‘ladi.
Waymo kompaniyasi Google’ning robotlashgan avtomobillar yaratish loyihasi asosida paydo bo‘lgan. Waymo ayni paytda haydovchisiz buyurtma va yuklarni yetkazib berish xizmati ustida ish olib bormoqda.