Waymo avtonom mashinalarda yuklarni yetkazish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda

Fan-texnika 20:40 / 03.03.2020 5437

Alphabet korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Waymo 2,25 mlrd dollarlik sarmoya jalb qilgandan keyin Waymo Via xizmati yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qilgan

“Biz Arizona, Nyu-Meksiko va Texasni birlashtiruvchi I-10 transport yo‘lagi bo‘ylab o‘zimizning 8-sinfdagi yuk mashinalarimiz uchun yo‘nalishlar ochmoqdamiz”, deb aytgan Waymo rahbari Jon Krafchik.

Gap Waymo Kaliforniya, Arizona va Jorjiya shtatlarida sinovdan o‘kazgan avtonom yuk mashinalari haqida bormoqda.

Waymo tashkil etilgandan beri uning yuk mashinalari haydovchisiz rejimda haqiqiy avtomobil yo‘llari bo‘ylab 32 mln kilometr va virtual yo‘llar bo‘ylab 16 mlrd kilometr masofani bosib o‘tgan. Ayni vaqtda kompaniyada Chrysler Pacifica minivenlari floti mavjud bo‘lib, ularda yo‘lovchilarni haydovchisiz tashishga ruxsat berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: