Surxondaryodagi mehmonxonada elektr o‘chib-yonishi oqibatida portlash yuz berdi

Jamiyat 14:25 / 05.12.2018 22446

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida shu yilning 4 dekabr kuni “Yangi shahar” MFY hududida joylashgan “Turon” mehmonxonasida elektr chirog‘i o‘chib qayta yonishi oqibatida mehmonxonaning yerto‘lasida turgan gaz ballonidan sizib chiqib, to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ro‘y bergan hodisa oqibatida mehmonxonaning birinchi qavatidagi eshik va derazalarning oynasi sinib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. 

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: