«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati «Energiya tejamkorlik bolalar nigohida» rasmlar tanlovini e'lon qildi

Jamiyat 10:23 / 04.12.2018 2105

Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad  bolalar iqtidorini aniqlash orqali ularning tabiat va energetika resurslari hamda yangi energiya tejamkor texnologiyalaridan foydalanishga jalb etishdan iborat.

Tanlovda 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. Rasmlar turli materiallarga (qog‘oz, vatman va hokazo) chizilgan bo‘lishi mumkin.

Tayyor bo‘lgan ishlar 1 dekabrdan 14 dekabrga qadar «O‘zenergoaxborot» bo‘limi tomonidan «O‘zbekenergo» AJ binosining 404-xonasida qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. 
 
Shuningdek, tanlovda saralab olingan rasmlar «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yilgi tarqatma materiallarida foydalaniladi.

Ma'lumot uchun telefonlar: (71) 236 63 64, (71) 236 63 81

«O‘zbekenergo» Matbuot xizmati

Manzilimiz: Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 6 uy

Ko‘proq yangiliklar: