Mudofaa vazirligi QVZ terma jamoasi xalqaro festivalda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari hamda harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan «Sharq yulduzi» terma jamoasi Moskvada bo‘lib o‘tgan «Mudofaa vazirining QVZ kubogi» xalqaro festivalida ishtirok etib, 2-o‘rinni egalladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, harbiy QVZ o‘yinidagi g‘oliblikni Volsk shahridan bo‘lgan «Maxfiy qurol» ayollar jamoasi qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘ringa uch jamoa — O‘zbekiston Mudofaa vazirligining «Sharq yulduzi» terma jamoasi, Krasnodarning «Top sekret» hamda Penzaning «Penzalik artilleriyachilar» jamoasi munosib deb topildi.


Uchinchi o‘ringa Dalnevostok oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining (Rossiya Federatsiyasi) «Ostorojno! DVOKU» jamoasi qo‘lga kiritdi.
Umumiy hisobda QVZ finalida sakkiz jamoa ishtirok etdi. G‘oliblarga sovrinni Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu topshirdi.
2 dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan hamyurtlarimiz tantanali ravishda kutib olindi.



Eslatib o‘tamiz, “Sharq yulduzi” terma jamoasi 2017 yilda Moskvada o‘tkazilgan «Hamdo‘stlik QVZ» o‘yinlarida birinchi marta ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda birinchi va ikkinchi o‘rinlar mezbon davlat jamoalariga nasib etgan.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi 2018 yilda Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston QVZ Oliy ligasining bu yilgi finaliga yo‘llanma olgan.
Mavzuga oid

09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari

16:55 / 22.01.2025
Harbiy-strategik hamkorlik dasturi va 50 ta qo‘shma tadbir - Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari

12:38 / 05.01.2025
Foto: Toshkentda harbiy bo‘linmalar G‘alaba bog‘idan shahar markaziga qarab bayramona marsh o‘tkazdi

01:39 / 01.01.2025