Kaliforniyada ishchilari faqat robotlardan iborat ferma mavjud

Fan-texnika 00:59 / 03.12.2018 7328
Foto: Iron Ox

Buni qarangki, robotlar nafaqat gigant zavodlarda avtomobillarni yig‘ishi, balki salat bargi va boshqa ko‘katlarni ham yetishtirishi mumkin ekan. Bunday ishlab chiqarishni inson ishtirokisiz amalga oshirishga erishildi. Ya'ni mini-fermadagi barcha ishlar – sug‘orishdan tortib, o‘simliklar solingan idishlar joyini o‘zgartirish va hosilni yig‘ib olishni robotlar avtonom rejimda amalga oshirishmoqda.

Foto: Iron Ox

Kaliforniyaning Iron Ox kompaniyasi bu loyihani ishga tushirish uchun 7 yilga yaqin muddat davomida tayyorgarlik ko‘rdi. Avtomatlashtirilgan fermaning maydoni 300 kv. metrga teng va u quyosh energiyasi hisobiga ishlaydi. O‘simliklarni oziqlantirish gidropon tizimi – (suvda eritilgan to‘yintiruvchi moddalar bevosita o‘simliklar ildiziga kelib tushadi) yordamida amalga oshiriladi.

Foto: Iron Ox

Mini-fermada rayhon, kashnich, salat bargi, karam va o‘simliklarning boshqa turlari o‘sadi. Ularni o‘simliklarning holatini baholash uchun ko‘plab datchiklardan foydalanadigan robotlar yetishtiradi.

Foto: Iron Ox

Loyiha tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, yopiq xonalarda robotlar yordamida ko‘katlar yetishtirish ochiq maydonda yetishtirishga qaraganda hosildorlik ko‘rsatkichini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Ana shunday bir dona ferma yiliga 20 ming o‘simlikni yetishtirishi mumkin. O‘simliklarni nazorat qilishning avtomatlashgan tizimi va robotlar mehnatidan foydalanish esa bu kabi biznesning daromadini oshiradi. Umuman olganda ko‘kat va sabzavotlarni yetishtirish bo‘yicha robotlashgan fermalarni yaratish istiqbolli yo‘nalish sanaladi va bunday loyihalar Yevropa va Xitoyda allaqachon mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: