Apple insonning yurak urishi, tana harorati va nafas olishi tezligini tahlil qiluvchi “aqlli” adyolni patentlashtirdi. Bu haqda New York Post nashri ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, adyol iSheet deb nomlanib, uning matosi ichiga maxsus datchiklar tikiladi. Bu datchiklar ma'lumotlar to‘playdi, dasturiy ta'minot esa bu ma'lumotlarni optimal ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Ma'lumotlar simsiz boshqaruv panelida ko‘rsatiladi.
Adyol sog‘lig‘i bilan muammolarga ega odamlarga asqatadi. U inson o‘zini yomon sezganda tez yordam chaqira oladi. Bunday texnologiya Apple Watch 4 soatida ham bor. Soat uni taqib olgan odam yiqilib tushib, uzoq vaqt o‘rnidan ko‘tarilmasa, tez yordam chaqirtiradi.
Internetda Apple’ning “aqlli” qurilmalari ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolgani haqida ko‘plab voqealarni uchratish mumkin.