Yaponiyada o‘ramlar qanday bo‘ladi?

Light 19:12 / 03.12.2018 11886

Yaponiya umuman olganda Osiyo – qiziqarli va o‘ziga xos joy. Masalan, bu yerda mahsulotlar o‘rami ham betakror. Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining o‘rami qanday ko‘rinishda bo‘lishiga katta e'tibor qaratishadi. Biroz vaqt avval yangi trend paydo bo‘ldi: o‘ramlarni mavsumga moslab ishlab chiqish.

Yaponiyada fasllar emas, mavsumlar ajratib ko‘rsatiladi. Bahor – sakura mavsumi, iyun – yomg‘ir, oktabr-dekabr – qizil barglarning to‘kilishi va h.k. Mos ravishda har bir mavsum o‘zining rangiga ega.

Bahor fasli kelishi bilan mamlakatdagi ko‘plab supermarketlar oq-pushti rangdagi mahsulotlar bilan to‘ldiriladi. Ba'zida buning uchun sakura ta'mli mahsulotlar ham chiqariladi. Masalan, Pepsi.

Yoz faslining oxirida tarvuzlar mavsumi boshlanadi. Yorqin yashil-qizil ranglar va tarvuz ta'mi peshtaxtalarni to‘ldiradi.

Kuz – yilning go‘zal davri. Peshtaxtalarda qizil bargdagi o‘ramlar paydo bo‘ladi.

Boshqa hududlarda esa siyosatchilarning karikatura tasvirlaridan ramz sifatida foydalaniladi. Bu ham o‘ziga xos reklama.

Umuman olganda, Yaponiyada biz uchun tushunarli bo‘lmagan va ijodkorona o‘ramlar juda ko‘p. Shokoladlar mana bunday bezatilishiga nima deysiz?

Bu esa yopishqoq kantselyariya qog‘ozchalari. Ular mevalar shaklida ishlangan bo‘lib, odatda olma va nok sotiladigan to‘rga solib qo‘yilgan.

Choyning qiziqarli va minimal o‘rami.

Sut. Bejirim.

Yaponiya – qarama-qarshiliklar mamlakati. Minimalizmdan tashqari ular yoqimli va yorqin narsalarni xush ko‘rishadi.

Bu esa oddiy gugurt cho‘plari.

Ba'zida o‘ramalar qilishda origami elementlaridan ham foydalanishadi. 

Sizga ham yaponcha o‘ram yoqdimi?

Ko‘proq yangiliklar: