Xitoydan mahsulot keltirib berish bahonasida 16 ming dollarga «uxlatgan» shaxs ushlandi

Jamiyat 15:39 / 01.12.2018 6580

2018 yil 30 noyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan xabarga ko‘ra, shu yil 15 iyul kuni Chilonzor tumanida yashovchi M.A. Muqimiy ko‘chasida joylashgan “Sport mollari” do‘koni oldida vaqtincha Sergeli tumani yashovchi D.Sh.ga Xitoydan turli xildagi video kuzatuv kameralarini olib kelib berishni va'da qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs undan 16 000 AQSh dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. M.A. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: