Bo‘stonliqdagi xonadonda yong‘in. Uy egasining jasadi topildi

Jamiyat 17:00 / 01.12.2018 9893

2018 yilning 30 noyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashagan V.R. mast holda uyida sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida sigaret cho‘g‘i ko‘rpaga tushib yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida uyining 20 kv.m. maydonida uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda V.R.ning tutundan zaharlangan holdagi jasadi topilgan. 

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: