Toshkentda tadbirkorni 160 ming dollarga aldab ketgan shaxslar ushlandi

Jamiyat 12:14 / 30.11.2018 10603

2017 yil 24 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi V.B. va Yakkasaroy tumanida yashovchi M.A. Sayram tor ko‘chasida joylashgan ofisda tadbirkor G.Sh.ga 5 000 tonna karbamid kimyoviy o‘g‘itini yetkazib berishlikni va'da qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular soxta hujjatlar tayyorlash orqali firibgarlik yo‘li bilan undan jami 248 209 AQSh dollarini olib, va'dasini bajarmagan.

Keyinroq, olgan pullarining 87 000 AQSh dollarini unga qaytarib, qolgan 161 209 AQSh dollarini shu kungacha qaytarib bermaganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, V.B. va M.A.lar qo‘lga olinganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: