Farg‘ona viloyatidagi xonadonda elektr va gaz o‘chib-yonishi oqibatida portlash yuz berdi

Jamiyat 10:17 / 30.11.2018 17207

Joriy yilning 29 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Quva tumanida yashovchi A.X.ning uyida elektr energiyasi va tabiiy gaz o‘chib, qayta kelishi oqibatida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uyning 25 kv.m. maydonida tom qismi yonib zarar ko‘rgan.

Chaqnash natijasida A.X. va uning turmush o‘rtog‘i S.X. hamda qizi kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilganlar. 

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: