Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolarga taksi xizmatini ko‘rsatish sohasi anchayin rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan hisoblanadi.
Bu borada MyTaxi — taksi xizmati va ushbu xizmatdagi yangi qulayliklarni alohida ta'kidlash lozim.
Xususan, MyTaxi xizmatida mijozlar uchun yana bir yangi qulaylik yaratildi. Unga ko‘ra, endi Payme texnologiyalaridan foydalangan holda barcha MyTaxi avtomashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lovni karta orqali to‘lash imkoniyati yaratildi. Buning uchun:
MyTaxi ilovasida “Menyu” bo‘limiga kirish va “Tip oplaty” bo‘limini ochish kerak. Keyingi qadamda ushbu bo‘limga karta raqami va amal qilish muddati kiritiladi.Shundan so‘ng kartadan to‘lovni doimiy amalga oshirish mumkin. Safar yakunida pul kartadagi hisobdan avtomatik ravishda yechiladi.
Mijozlar o‘z kartasini yakinlarining telefonlariga ham ulab qo‘yishi mumkin.
MyTaxi barcha yurtdoshlarimizga yoqimli safarlar tilaydi.
Ilovani ko‘chirib olish 👉 http://onelink.to/mytaxi
Reklama huquqi asosida