LG kompaniyasi 16 ta kamerali smartfonini patentlashtirdi. Bu haqda Giz China nashri ma'lum qildi.
Smartfonning internetda joylashtirilgan suratida barcha 16 ta kamera smartfonning orqa paneli chap qismi yuqorisidagi kvadratda ketma-ket 4 tadan 4 qator bo‘lib joylashganini ko‘rish mumkin. Kameralar ostida selfi uchun “ko‘zgu” joylashgan.
Kameralarning bunday ko‘p miqdorda bo‘lishi 3D-tasvirlarni yaratish va obektlarni kadrda siljitish imkonini beradi. Bu funksiya qanday ishlashi suratlarda ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, ushbu texnologiya turli sozlanmalar bilan bir vaqtda bir necha obektivda olingan suratlarni birlashtirish imkonini beradi.