Bernardo Bertoluchchi vafot etdi

Foto: AP Photo/Andrew Medichini
Italiyalik rejissyor Bernardo Bertoluchchi 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Rai News 24 yangiliklar kanali dushanba kuni xabar berdi.
Bernardo Bertoluchchi 1940 yilning 16 mart kuni Italiyaning Parma shahrida tug‘ilgan. Kinorejissyorlikdan tashqari dramaturg va shoir sifatida tanilgan.
1960-yillarda Godar va Pazolinining izdoshi bo‘lgan, kommunizm hamda freydizm bilan qiziqqan. Italiyalik mashhur tasvirchi Vittorio Storaro bilan doimiy hamkorlik qilgan.
«Konformchi» (1970) va «Parijdagi so‘nggi tango» filmlarining muvaffaqiyatidan so‘ng, Italiyadan tashqarida ishlagan.
«So‘nggi imperator» (1987) epik bayopikini sahnalashtirgani va ssenariy muallifi bo‘lgani uchun «Oskar» mukofoti bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid

10:08 / 17.01.2025
Amerikalik rejissyor Devid Linch vafot etdi

18:47 / 04.12.2024
Dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy, yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlar ta’sis etiladi

18:00 / 21.06.2021
“U butun umr teatr deb yashadi, yondi, kuydi” - rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev hayotiga nazar

08:35 / 29.09.2019