AQShning InSight kosmik kemasi bugun Marsga qo‘nadi

Fan-texnika 09:52 / 26.11.2018 6790

26 noyabr Toshkent vaqti bilan kechki payt Marsga AQShning InSight kosmik kemasi qo‘nadi. Bu kema Qizil sayyoraning “ichiga” nazar tashlab, uning tektonik faolligi va tuzilishi haqidagi masalalarga javob beradi. Bu haqda NASA kosmik agentligi ma'lum qildi. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Marsga 20 dan ko‘proq turli qurilma uchirilgan, biroq ularning barchasi sayyoraning faqat sirtini o‘rgangan. InSight esa Mars “ichiga nazar tashlashga” imkon beradi. Qurilma 5 mayda Vandenberg aviabazasidan Atlas V raketasi yordamida uchirilgan va Marsning ichki tuzilishi – po‘stlog‘i, mantiyasi va yadrosini o‘rganishga mo‘ljallangan.

InSight sayyoradagi seysmik faollik darajasini va ichki tuzilishi xususiyatlarini aniqlovchi SEIS seysmometri hamda sayyora sirtidagi issiqlik oqimini o‘lchash uchun zond bilan jihozlangan. Ikkala qurilma ham robotlashtirilgan qo‘l yordamida yoyiladi va sayyora sirtida o‘rnatiladi. Bunda sayyoraning ichidagi issiqlik darajasini o‘lchash uchun 5 metr chuqurlikda quduq burg‘ilanadi.

Shuningdek, qurilmada “O‘z ismingni Marsga yubor” aksiyasida ishtirok etgan 2,4 mln kishining ismi yozilgan mikrochip ham bor. 

Avvalroq NASA qurilmaning Marsga qo‘ndirilishini jonli tarzda namoyish qilishi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: