Samsung saraton kasalligiga chalingan xodimlaridan uzr so‘radi

Fan-texnika 12:52 / 24.11.2018 34839

Samsung kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Kim Gi Nam zararli mehnat sharoitlari tufayli onkologik kasalliklarga chalingan xodimlardan rasmiy ravishda uzr so‘radi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.

«Kompaniya chiplar va suyuq kristalli displeylar ishlab chiqarish liniyasida salomatlik uchun ehtimoliy xatarlarni to‘liq nazorat qilmagan. Bugun biz ushbu kasalliklardan azob chekayotgan ishchilar, shuningdek, ularning oilalaridan chin dildan kechirim so‘raymiz», - dedi Kim Gi Nam.

Xabar qilinishicha, ayrim xodimlarning farzandlari ota-onalari kasalligi tufayli xastalik bilan dunyoga kelgan. Kasallanganlarning oilalariga 132 ming dollar miqdorida tovon puli to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung bukiluvchan ekranli smartfonni qachondan sotishi ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: