Yana Aqto‘be. Qozog‘istonlik o‘t o‘chiruvchilar yetti nafar o‘zbekistonlikni avtobusdan qutqarib olishdi

Foto: Qozog‘iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi
Qozog‘istonning Aqto‘be oblastida o‘t o‘chiruvchilar «Samara-Chimkent» trassasida buzilib qolgan avtobusdan sakkiz kishini qutqarishdi. Bu haqda Zakon.kz Qozog‘iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasiga tayangan holda xabar bermoqda.
FVQ ma'lumotlariga ko‘ra, 24 noyabr kuni ertalab soat 9:00larda Aqto‘be oblasti Don Xromtau tumanidagi posyolka yaqinida, «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 854-kilometrida «Neoplan» markali avtobus buzilib qolgani uchun to‘xtagan.
Hodisa yuz bergan joyga Aqto‘be oblastining O‘t o‘chirish va FVQ avariya-qutqaruv xizmati ikki nafar xodimi hamda bitta texnika tarkibida kuch hamda vositalari jo‘natildi.

Qayd etilishicha, sakkiz kishi qutqarildi, ularning yetti nafari O‘zbekiston fuqarosi va bir nafari qozog‘istonlik. Barchasi Xromtau tumanidagi «Amanat» kafesiga olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 22 noyabr kuni soat 20:40da Samara-Chimkent yo‘lida «Vanhol» rusumli avtobus bilan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani xabar berilgandi. Avtobus haydovchisi, Qozog‘iston fuqarosi S.Boltaboyev muzlamada boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan.
Qizilo‘rda oblasti Ichki ishlar departamenti Aralsk rayoni IIB ma'lumot berishicha, avtobusda 36 kishi bo‘lib, shundan 34 nafari O‘zbekiston va ikki nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan.
1986 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Zokir Ro‘zimuratovich Ahrorov olgan jarohatlari sababli Aralsk rayoni shifoxonasida vafot etgan.
O‘zbekiston fuqarolari O.Abdukarimov, I.Ma'murov, A.Samiboyev, N.Asqarov, R.Maxmarizayev, K.Mamadaliyev, R.To‘raboyev yengil darajada tan jarohati olgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘zbekistonning qolgan fuqarolari «Sayaxat» mehmonxonasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

10:02 / 01.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi

18:14 / 28.02.2025