“O‘zbektelekom” 1 dekabrgacha bo‘lgan davrda internet sifati pasayishi mumkinligini ma'lum qildi

Fan-texnika 15:50 / 23.11.2018 13912

“O‘zbektelekom” 1 dekabrga qadar bo‘lgan davrda internet sifati pasayishi mumkinligini ma'lum qildi.

“2018 yilning 1 dekabriga qadar “O‘zbektelekom” AK Xalqaro paketli kommutatsiya markazi va ma'lumotlar uzatish tarmoqlari sig‘imini kengaytirish bo‘yicha loyiha doirasida tarmoq modernizatsiyasi bo‘yicha texnik ishlar olib boriladi. Ushbu davrda internet xizmatlarini taqdim etishda sifat pasayishi kuzatilishi mumkin”, deyiladi kompaniya saytidagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbektelekom” internet tezligining 10 barobarga oshishi haqidagi xabarlarga izoh bergandi. 

Ko‘proq yangiliklar: