Instagram sahifalar mashhurligini sun'iy tarzda oshiruvchilar bilan kurash boshladi

Fan-texnika 08:44 / 20.11.2018 6696

Instagram ma'muriyati avtomatik tarzda izohlar, layklar qoldirish, shuningdek, boshqa sahifalarga obuna bo‘lish imkonini beruvchi maxsus ilovalardan foydalanish bilan kurashish maqsadida qator choralar qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda dushanba kuni servis saytida e'lon qilingan bayonotda aytiladi.

«So‘nggi paytlarda begona ilovalar akkauntlar auditoriyasini sun'iy ravishda oshirish uchun foydalanilayotganini ko‘rmoqdamiz», - deya ma'lum qilishgan Instagram vakillari. Ma'muriyatdan qayd etishlaricha, bunday harakatlar ijtimoiy tarmoq qoidalariga zid keladi, ular buni to‘xtatishga va'da berishdi.

«Bugungi kunda biz ommabopligini oshirish uchun begona ilovalardan foydalaniluvchi akkauntlardan qoldirilgan layklar, obunalar va izohlarni o‘chirib tashlashni boshlaymiz», - deya ta'kidlab o‘tishdi servis xodimlari. Uning vakillari qayd etishicha, kompyuter tizimlari bunday akkauntlarni samarali aniqlashi va kerakli choralarni ko‘rishi mumkin bo‘lgan usullar ishlab chiqildi.

Bayonotda aniqlik kiritilishicha, ma'muriyat aniqlangan akkauntlar egalarini avtomatik rejimda qoldirilgan layklar, izohlar va boshqa sahifalarga obunalar o‘chirib tashlanishi haqida xabardor qiladi. Akkauntlar egalariga maxfiy so‘zlarni almashtirish ham taklif etiladi, bu begona ilovalar ko‘rsatilgan maqsadlarda ulardan foydalanmasliklari uchun kerak.

Instagram vakillarining bildirishicha, akkauntlar egalari bunday maxsus ilovalar operatorlariga ularga kirish imkoni berishsa, xavf paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, bayonotda ta'kidlanishicha, ba'zan foydalanuvchilar o‘zlarining maxfiy so‘zlarini tushunmagan holda oshkor qiladilar yoki begona ilovalar bundan qanday foydalanayotganini bilmaydilar.

Ko‘proq yangiliklar: