Ayni kunlarda mamlakatimizdagi aksariyat banklar avtomobilni kreditga olishni tavsiya etmoqdalar. Belgilangan tartib-qoidalarga ko‘ra, bank avtosalondagi yangi avtomobilni kreditga beradi. Yangi avtomobil, albatta, yaxshi. Ammo uning narxi va kreditni qaytarish shartlari barchaga ham manzur bo‘lavermasligi tabiiy hol, albatta.
Foydalanilgan, ammo sifatli avtomobilni uzoq muddat davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish uchun nima qilish kerak?
Avtobor.uz va lizing kompaniyasi Start Leasing hamkorlikda aksiya e'lon qiladi. Unga ko‘ra, siz foydalanilgan avtomobilni uzoq muddat davomida bo‘lib to‘lash yo‘li bilan xarid qilishingiz mumkin.
Ushbu xizmat quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Avtobor.uz saytiga kiring va o‘zingizga yoqqan avtomobilni tanlang. Tanlagan avtomobilingiz GM Uzbekistan mahsuloti bo‘lsa, uning ishlab chiqarilgan sanasi 2014 yildan, agar xorijiy kompaniyalar avtomobili bo‘lsa, 2010 yildan eski bo‘lmasligi kerak.
2. E'londagi havolani yoki tanlagan avtomobilingizning (markasi, yili, narxi, bosib o‘tgan masofasi va e'lon muallifining telefon raqamini) +998-90-9099602 Telegram raqamiga yoki info@avtobor.uz elektron pochtasiga jo‘nating.
3. Start Leasing kompaniyasining vakili 24 soat ichida siz bilan bog‘lanadi va avtomobil uchun to‘lovni uzoq muddat davomida bo‘lib to‘lashning turli usullarini taklif etadi. Siz taqdim etilgan takliflardan birini tanlaysiz, zarur hujjatlarni olib kelasiz va shartnoma imzolaysiz.
4. Start Leasing siz tanlagan avtomobilni xarid qiladi va uni sizga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotadi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, ushbu xizmat quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi:
- Oldindan to‘lov 0 foizdan boshlanadi;
- To‘lov muddati 42 oygacha;
- Sizdan quyidagi hujjatlarning nusxalari talab etiladi: pasport, haydovchilik guvohnomasi, daromad to‘g‘risida ma'lumotnoma, STIR va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob-varag‘i.
Ushbu aksiya Toshkent shahar va Toshkent viloyati aholisi uchun 2018 yilning 31 dekabriga qadar davom etadi. Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang, chunki bu xizmat turi bilan avtomobil xaridi yanada qulaylashadi.
Avtobor.uz – aql bilan toping!
Reklama huquqi asosida