Alonso «Formula-1»dan ketishi sabablarini oshkor qildi

Foto: EPA
Ikki karra jahon chempioni Fernando Alonso «Formula-1»dan ketishi sabablari haqida gapirib berdi.
«Maklaren» poygachisining tan olishicha, «Formula-1» «zaif tomoshaga» aylangan.
«Hozirda biz ko‘rib turgan «Formula-1» menda poygachi bo‘lish istagini uyg‘otgan narsa emas. Men bizda zaif tomosha paydo bo‘lgani sababli ketmoqdaman. Biz ko‘proq trassadan tashqarida ro‘y berayotgan holatlar haqida gapirmoqdamiz. Muzokaralar va radioefirlar haqida. Hozirning o‘zidayoq sizga keyingi poygada finishga yetib keladigan birinchi 15ta mashinani aytib berishim mumkin.
Men chempionat qanday qilib oldindan aytish oson bo‘lgan narsaga aylanganini qabul qila olmayapman. O‘ylashimcha, boshqa seriyalarda ko‘proq zavq olaman», - deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi Planet F1.
Ayni vaqtda 37 yoshda bo‘lgan ispaniyalik sportchi «Formula-1»da 17 yil o‘tkazdi. U bu davr mobaynida 302 poygada qatnashib, 32 poygada g‘olib bo‘ldi, ikki marta jahon chempioniga aylandi (Renault jamoasi tarkibida 2005 va 2006 yillarda), uch marta ikkinchi bo‘ldi (Ferrari jamoasi bilan 2010, 2012 va 2013 yillarda) va bir marta uchinchi o‘rinni egalladi (McLaren jamoasi safida 2007 yilda).
Mavzuga oid

17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi

23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

11:13 / 21.11.2022
To‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel «Formula-1»dagi faoliyatini yakunladi

20:23 / 12.12.2021