Jizzaxda pullik avtotrassa qurilishi mumkin

O‘zbekiston 17:53 / 16.11.2018 17714

Jizzax viloyati hokimligiga Italiya Respublikasining “Todini Costruzioni Generali” kompaniyasining delegatsiyasi  tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi Axborot xizmati.

“Todini Costruzioni Generali” kompaniyasi delegatsiyasining viloyatga tashrifidan maqsadi Toshkent-Samarqand avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘lgan M-39 trassa yonidan alohida pullik trassa barpo etish taklifi berishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda “Todini Costruzioni Generali” kompaniyasi boshqaruv raisi Vedad Zaymovich Toshkent-Samarqand avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘lgan M-39 trassa yonidan alohida pullik trassa barpo etish bo‘yicha muloqot qilgani hamda viloyatni yo‘l infratuzilmasi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishganini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng delegatsiya a'zolari avtomobil yo‘llari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan «Jizzaxavtoyo‘l» aksiyadorlik birlashmasi raisi R.Xoliqovga yuzlandilar. Birlashma raisi savollarga to‘liq javob berdi.

U o‘z so‘zini davom ettirar ekan, Respublikadagi barcha yo‘llar tutashuvi aynan Jizzax viloyatida yagona yo‘lga kelib qo‘shilishini va Jizzax viloyati M-39 trassa qatnovidan bir sutkada qariyb 37000 dan ortiq avtomashinalar qatnovi bo‘lishini aytib o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: