Peterburgda o‘zbekistonlik ayol sud qilinadi. U o‘z farzandini sotib yuborgan

Jahon 17:07 / 16.11.2018 13986

Peterburgda O‘zbekistonning 1990 yilda tug‘ilgan fuqarosi bo‘lgan ayolga nisbatan ayblov tasdiqlandi, u o‘z farzandini sotib yuborgan. Bu haqda shahar prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, ayol 7 sentabr kuni farzandini dunyoga keltirgan. Moddiy qiyinchiliklar tufayli u bolani sotishga qaror qiladi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish idoralariga ma'lum bo‘lgan.

Korablestroiteli ko‘chasidagi 12-uyning old tomonida migrant ayol tezkor-qidiruv tadbiri doirasida xaridor sifatida o‘zini ko‘rsatgan ayolga chaqaloqni bergan. «Kelishuv» narxi 280 ming rubl (4 ming dollardan ortiq)ni tashkil etdi. Shundan keyin ona qo‘lga olindi.

Jinoiy ish ko‘rib chiqilishi uchun sudga yuborildi. 

Ko‘proq yangiliklar: