Cherchesov Rossiya terma jamoasining antirekordchisiga aylandi

Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Germaniyaga 0:3 hisobida yutqazdi.
Bu Stanislav Cherchesov uchun bosh murabbiy lavozimidagi 11-mag‘lubiyat bo‘ldi. Natijada, bu ko‘rsatkich bo‘yicha u terma jamoa murabbiylari orasida 1-o‘ringa chiqib oldi.
Cherchesov mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha Guus Hiddink (39 o‘yinda 10 ta mag‘lubiyat) va Oleg Romantsevni (60 o‘yinda 10ta mag‘lubiyat) ortda qoldirdi. Uning hisobida 30ta o‘yin bor.
Rossiya terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 20 noyabr kuni, Millatlar Ligasi doirasida Shvetsiyaga qarshi o‘tkazadi.
Mavzuga oid

19:09 / 17.10.2024
Qozog‘iston bosh murabbiyi Cherchesov qozoq tili haqidagi hazili uchun jazolandi

16:44 / 10.10.2024
BMTning «otasi» – Millatlar Ligasi tarixi

03:20 / 15.06.2023
Xorvatiya mezbon Niderlandiyani mag‘lub etib, Millatlar Ligasi finaliga yo‘l oldi

08:04 / 24.09.2022