BMT Qrimda inson huquqlarining buzilishi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

Jahon 08:31 / 16.11.2018 14768

Ijtimoiy, madaniy va gumanitar muammolarga mas'ul bo‘lgan BMT Bosh assambleyasi uchinchi qo‘mitasi ketma-ket uchinchi yil davomida Qrimda inson huquqlarining buzilishiga oid rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, joriy yilda bu rezolyutsiyani yoqlab 67 mamlakat ovoz berdi, 26tasi qarshi chiqdi, 82 davlat betaraf qoldi. 2016 va 2017 yillarda ushbu rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlab 70ta mamlakat ovoz bergan, 26tasi qarshi chiqqan, betaraf qolganlar mos ravishda 77 va 76 davlatni tashkil etgan.

Ukraina tomoni ishlab chiqqan rezolyutsiya matnida aytilishicha, Qrimda diniy ozchiliklarga nisbatan «bosim kuchayib borayotgani» kuzatilmoqda. Uning mualliflari fikricha, ozchiliklarga «politsiya reydlari», shuningdek, «tahdidlar va ta'qiblar» orqali bosim o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: