Nokia bir zaryadda 21 kungacha ishlovchi telefonini namoyish etdi

Fan-texnika 00:40 / 15.11.2018 39944

HMD Global kompaniyasi T9 jismoniy klaviaturali va yuqori avtonomlikka ega yangi Nokia 106 tugmali telefonini namoyish qildi. Gizmo China shu haqida xabar berdi.

Foto: Twitter/sarvikas

Manbaga ko‘ra, telefon 800 mAs sig‘imli akkumulyator bilan ta'minlangan. Bunday akkumulyator bilan u suhbat rejimida - 15,7 soat va kutish rejimida 21 kungacha ishlay oladi. Qurilma MicroUSB kabeli orqali zaryad oladi. 

Displey diagonali 1,8 dyuymni tashkil qiladi, qurilma MTK 6261D protsessorida ishlaydi, xotira hajmi 4+4 Gb, ikki sim-kartani qo‘llash mumkin. Telefon 2 minggacha kontakt va 500 xabarni saqlay oladi. 

Foto: Twitter/sarvikas

Shuningdek unda Snake Xenzia va Nokia telefonlariga xos bo‘lgan boshqa o‘yinlar o‘rnatilgan. 

Devays to‘rt xil rangda chiqadi: oq, qora, kulrang va ko‘k. Nokia 106 telefonining Rossiyadagi tavsiya etilgan narxi — 1590 rubl.

Ko‘proq yangiliklar: