«Kuz ne'matlari – 2018» meva-sabzavot yarmarkasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlar uchun imkoniyatlar manbai

Jamiyat 17:01 / 15.11.2018 6289

21-23 noyabr kunlari «O‘zko‘rgazmasavdo» pavilonida «Kuz ne'matlari – 2018» meva-sabzavot yarmarkasi tashkil etiladi. Unda respublikaning barcha hududlari o‘zlarining qishloq xo‘jaligi eksport salohiyatini va sohaga oid o‘z yutuqlarini taqdim etadi.

Foto: O‘zko‘rgazmasavdo

Yarmarkadan respublikaning agrar salohiyatini namoyish etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi turlarini va bozorning yangi ishtirokchilarini tanishtirish, kichik tadbirkorlik va fermer xo‘jaliklariga mahsulotlarini eksport qilishga ko‘maklashish, meva-sabzavotlar yarmarka-sotuvini tashkil etish kabi maqsadlar ko‘zlangan.

Taqdim etiladigan mahsulot va xizmat turlari meva-sabzavotchilikning barcha sohalarini, xususan mahsulot yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari faoliyati, mahsulotlarni saqlash, tashish va qayta ishlash jarayonlari va eksportga yo‘naltirish ishlarini qamrab oladi. 

Tadbirda mahalliy tadbirkorlar bilan birga eksport shartnomalaridan manfaatdor xorijiy kompaniya va firmalar ham ishtirok etadi. Shu bilan birga, ko‘rgazmada xorijiy tashkilotlar va diplomatik korpus a'zolari, sayyohlar va mahalliy aholi vakillari ham qatnashadi.

Yarmarka doirasida, shuningdek, «Qovun sayli» festivali ham tashkil etiladi. Sayilda qovunning turli navlari namoyish etiladi, ular orasidan yangi qovun turlariga e'tibor qaratiladi. Podium hamda aravalarda qovunning xilma-xil navlari piramida shaklida namoyish etiladi, milliy raqs va o‘yinlar tashkil etiladi.

Foto: O‘zko‘rgazmasavdo

Ko‘rgazma 21-23 noyabr kunlari Toshkent shahar hokimiyati, Fermer va dehqon xo‘jaliklari kengashi hamda «O‘zagroeksport» AJ bilan birgalikda tashkil etiladi. Unda ishtirok etish istagini bildirganlar tashkiliy qo‘mita bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishlari mumkin.

Telefonlar: +99871 230 50 19, +99899 495 66 63, +99897 442 39 07

Telegram-kanal: t.me/uzexposervice 

E-mail: uzexposervice@mail.ru

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: