Tsukerberg Apple rahbari bilan urishib qoldi. Facebook xodimlariga ayfonlardan foydalanish taqiqlandi

Fan-texnika 15:30 / 15.11.2018 14466

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg o‘z xodimlarini Android bazasidagi smartfonlardan foydalanishga majbur qilmoqda. Bu u Apple kompaniyasi rahbari bilan urishib qolganidan keyin yuz berdi, deb xabar tarqatdi Mashable.

Apple bosh direktori Tim Kuk bir necha bor Facebook haqida tanqidiy fikr bildirdi. Oktyabr oyida u xalqaro konferensiyada chiqish qilib, ijtimoiy tarmoqni o‘z foydalanuvchilarini foyda ko‘rish maqsadida «kuzatib borishi»da aybladi. «Maxfiylik har bir insonning huquqidir», - deya ma'lum qilgan Kuk.

OAV xabar berishicha, «olmali» brend rahbarining chiqishi Tsukerbergda g‘azab uyg‘otgan, u javob chorasi sifatida Facebook xodimlariga Apple mahsulotlari, shu jumladan, ayfonlardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi.

Ko‘proq yangiliklar: