Armrestling bo‘yicha jahon chempioni YTHda halok bo‘ldi

Sport 08:54 / 15.11.2018 19745

Armrestling bo‘yicha ukrainalik jahon chempioni Andrey Pushkar yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar qilmoqda TASS.

Fojia 14 noyabr kuni Kiyev - Chop trassasida sodir bo‘lgan. Pushkardan tashqari, ikkita avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida boshqa bir armrestler - Oleg Joxning otasi Sergey ham vafot etdi.

«Roven oblasti, Kiyev - Chop avtomobil yo‘lida, soat taxminan 15:00lar atrofida ikki kishi halok bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi. Avtohalokat oqibatida armrestling bo‘yicha ukrainalik jahon chempioni Andrey Pushkar vafot etdi, armrestling bo‘yicha jahon chempionatlarining ko‘p karra g‘olibi Oleg Jox kasalxonaga yotqizildi, uning otasi Sergey Jox hayotdan ko‘z yumdi», - deyiladi Roven oblasti Milliy politsiyasining bayonotida.

Pushkar 15 marta jahon chempioni va qit'a chempionatlarining 16 karra g‘olibi bo‘lgan. 16 noyabr kuni 33 yoshli sportchi rossiyalik Denis Tsiplenkov bilan kuch sinashishi kerak edi.

Ko‘proq yangiliklar: