O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Markaziy bank raisi o‘rinbosari Shuhrat Xoldorovich Atabayev o‘z lavozimidan ozod etildi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, Shuhrat Atabayev «Ipoteka-bank»ning yangi raisi etib tayinlandi.
Shuhrat Atabayev 1978 yilda tug‘ilgan, 2000 yilda Toshkent Moliya institutini, 2005 yilda Yaponiyaning Siyosiy fanlar Milliy institutini, 2010 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat Qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisliklari - moliya va kredit, Davlat siyosati (makroiqtisodiyot), Xalqaro iqtisodiy munosabatlar.
2001 yildan buyon bank tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Atabayev 2017 yilning iyulida Markaziy bank raisiga o‘rinbosar bo‘lgandi.
Biroz avvalroq «Ipoteka-bank»da 2013 yildan buyon rais bo‘lgan Omon Muhammadyaminovich Musayev «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasiga rais etib tayinlangandi.