Fuqarolar qabuli: muammo va yechim

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latovning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi hamda “Telegram” messenjeridagi raqamiga murojaat yo‘llab, shaxsan qabul qilishni so‘ragan fuqarolar uchun bugun hokimlik binosida navbatdagi qabul o‘tkazildi. Bu haqda haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Unda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masalalarni birgalikda ko‘rib chiqish va hal etish uchun viloyat, tegishli tuman hokimliklari mutasaddilari, aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.

Viloyat hokimi 38 nafar fuqaroning ichki yo‘llarni ta'mirlash, yo‘lovchi tashish transportlari faoliyatini samarali tashkil etish, uy-joy bilan ta'minlash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aliment undirish, bandlik va boshqa masalalarga oid murojaatlarini diqqat bilan eshitib, ularni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rdi.

Mavzuga oid

13:36 / 04.02.2023
Surxondaryoda ikkita bog‘chaning bozor bahosi qariyb 1,7 mlrd so‘m bo‘lgan binolari va yerlari noqonuniy berib yuborildi

00:05 / 24.01.2023
24 yanvardan Surxondaryodagi barcha maktablarda darslar an’anaviy shaklda davom ettiriladi

15:04 / 18.01.2023
Surxondaryoda salkam 153 mln so‘m evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

16:12 / 16.01.2023