Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
24 yanvardan Surxondaryodagi barcha maktablarda darslar an’anaviy shaklda davom ettiriladi
Viloyat hokimligi isitish tizimida muammosi bor maktabdagi masalalar hal etilgani, sinfxonalar “dars o‘tish uchun shay holatga keltirilgani”ni ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
Surxondaryo viloyatidagi ayrim maktablarda isitish tizimidagi muammolar va boshqa sabablarga ko‘ra qishki ta’tildan keyingi darslar 23 yanvar kuni onlayn shaklda boshlangan edi.
Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, mahalliy hokimliklar kun davomida bu maktablarning isitish tizimidagi muammolarni bartaraf etgan va “o‘quv xonalari dars mashg‘ulotlari o‘tish uchun shay holatga keltirilgan”.
“Maktablarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun zarur sharoitlar to‘liq yaratilgani sababli ertadan, ya’ni 24 yanvar kunidan boshlab viloyatdagi barcha maktablarda dars mashg‘ulotlari an’anaviy shaklda olib boriladi”, – deyiladi hokimlik axborotida.
Surxondaryoda 23 yanvardan 3-chorak onlayn boshlanishi aytilgan maktablar quyidagilar edi:
- Angor tumanidagi Nurli maskan ko‘zi ojizlar maktabi;
- Denov tumanidagi 1, 3, 4, 5, 7, 8, 9, 10, 15, 16, 24, 28, 31, 34, 35, 44, 50, 53, 55, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 63, 65, 71, 73, 74, 75, 76, 77, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84, 85, 94, 97, 98-sonli maktablar, 2, 10, 11-IDUMlar va 67-SIMI;
- Jarqo‘rg‘on tumanidagi 32-sonli maktab;
- Uzun tumanidagi 2, 4, 5, 12, 27, 28, 31, 36, 63, 64-sonli maktab va 61-IDUM;
- Sho‘rchi tumanidagi 125-sonli maxsus maktab;
- Termiz shahridagi 12-,17-sonli maktablar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 23 yanvardan e’tiboran respublikadagi 10 104 ta maktabdan 717 tasida darslar onlayn boshlanganini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi

13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi

18:53 / 18.04.2023
«Achinarli va uyatli» - vazir Surxondaryoda ayol o‘qituvchilar kaltaklanishi haqida

15:26 / 17.04.2023