Pasporti olib qo‘yilgan fuqaro IIB xodimlariga qarshi sud ishida yutib chiqdi

Toshkent shahar Yunusobod tumani ma'muriy sudi tuman IIB va Toshkent shahar IIBB mansabdor shaxslarining T.R.ga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlarini noqonuniy deb topdi. D.Ergashev raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisi da'vogarning shu haqdagi arizasini qanoatlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Aniqlanishicha, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan T.R. 1992 yilda O‘zbekistonga doimiy yashash uchun kelgan va doimiy ro‘yxatga olingan. 1997 yilga kelib O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportiga ega bo‘lgan. 2011 yilda u Yunusobod tumani IIB XChK va FRBga chaqirilgan va uning fuqarolik pasporti olib qo‘yilgan. Sabab sifatida go‘yoki pasportning noqonuniy berilgani, ya'ni 1992 yilda – «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan va kuchga kirgan vaqtda – T.R. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatda bo‘lmagan, degan vaj keltirilgan.
Ish hujjatlaridan ma'lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro 1992 yilda doimiy ro‘yxatga olingan va uning pasport olish bo‘yicha harakatlari qonuniy bajarilgan.
«Kun.uz» manbasi ma'lum qilishicha, sud Yunusobod tuman IIB va Toshkent shahar IIBB mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini noqonuniy, ish hujjatlarini esa haqiqiy emas, deb hisoblagan.
Sud ajrimiga binoan, Yunusobod tumani IIBga T.R.ning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tegishli tartibda rasmiylashtirib berish majburiyati yuklatilgan.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi

10:57 / 03.03.2025
“Pora emas, rahmat sifatida bergandi” – Toshkentda pora olgan IIB tergovchisi qamaldi

10:12 / 28.02.2025