Xitoy o‘zining payqash qiyin bo‘lgan SN-7 uchuvchisiz uchadigan qurilmasini jahon bozoriga olib chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Hozirgi bosqichda XXR ayrim xaridorlar sotib olishni rad etishi qiyin bo‘lgan yangi ishlanmani taklif qilmoqda, chunki u bozorda xarid qilish mumkin bo‘lgan "stels" texnologiyasi qo‘llanilgan yagona drondir", - deb yozadi China Daily gazetasi.
Dron Chjuxayda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro aviatsion-kosmik ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Eksportchi sifatida Xitoy aerokosmik aerodinamika akademiyasi (XAAA) ko‘rsatilgan.
Bosh konstruktor Shi Venning aytishicha, CH-7 2019 yilda ilk parvozini amalga oshiradi va "agar hammasi yaxshi bo‘lsa, 2022 yildan turkum ishlab chiqarish boshlanadi".
CH-7 qanotlari uzunligi 22 va eni 10 metrgacha bo‘lib, eng yuqori parvoz og‘irligi 10 tonnani tashkil etadi. Ayni damda Xitoyning CH-5 dronining parvoz og‘irligi 3,3 tonna bo‘lib, undan 1 tonnasini 50, 100 va 200 kiloli raketa va aviabombalar tashkil qiladi. Ushbu qurilma 24ta raketa bilan parvoz qila olishi sababli uni "uchar qurol ombori" deb atashadi.
CH-7 tezligini soatiga 920 kilometrgacha yetkaza oladi, 13 kilometr balandlikka chiqadi va 2 ming kilometr radiusda harakatlanadi.
Ayni paytda Xitoyda ishlab chiqarilgan CH turkumidagi dronlar o‘ndan ortiq davlatga sotilgan.